Ozarbayjonlik deputatning kitobi O‘zbekistonda chop etildi

Jamiyat

image

Ozarbayjon Respublikasi Milliy Millat Majlisi deputati Ganira Pashayevaning she’rlar kitobi O‘zbekistonda chop etildi. Deputatning kitobi “Eshikni och" deb nomlanadi. U Xosiyat Rustamova tarjimasi asosida nashr etildi.

Ganira Pashayeva O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurib, Samarqand va Buxoro shaharlari, bu zamindan o‘tgan ulug‘ avliyolar haqida mahalliy matbuot va TVda chiqishlar qilgan. O‘tgan yili QALAMPIR.UZ rahbari - jurnalist Qamariddin Shayxov Ozarbayjonga tashrifi doirasida Ganira Pashayeva bilan uchrashib, uning she’rlari, jurnalistik faoliyati bilan tanishligini ma’lum qilib, bu she’rlarni o‘zbek tilida ham o‘quvchilarga yetkazish kerakligini aytgandi.

Ganira Pashayeva 2005 yildan buyon Ozarbayjon Parlamenti a’zosi. U 1975 yilda Tovuz rayonida tavallud topgan. Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetini tamomlagan. Qolaversa, huquqshunos sifatida ham ta’lim olgan. U faoliyatini 1998 yil ANS telekanalida muxbir o‘laroq boshlagan.

Ganira Pashayeva turk tilida ham she’rlar yozadi. Uning turk tilidagi ikki kitobi Turkiyada nashr etilgan. U Turkiyada ham taniqli siyosatchi sifatida tilga olinadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

12

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing