WhatsApp`da yangi funksiya paydo bo‘ldi

Texnologiya

image

WhatsApp`da yangi Expiring Media funksiyasi paydo bo‘ldi. U vaqtinchalik mediafayllar yuborish imkonini beradi. Bu haq WeBetaInfo xabar berdi.

Yangilik bilan foydalanuvchilar ikkinchi tomon ochib ko‘rishi va yozishmalardan chiqishi bilan o‘chib ketadigan foto, video va animatsiyalar yuborishi mumkin. Bunday imkoniyat foydalanuvchi o‘ta shaxsiy mediafayllarini yubormoqchi bo‘lsa, qo‘l kelishini taxmin qilinyapti.

Foydalanuvchilar chalg‘ib ketmasligi uchun yo‘qolib ketuvchi xabarlar odatiylaridan grafik jihatdan farq qiladi.

Bu funksiya dasturning Android-smartfonlar uchun mo‘ljallangan beta-versiyasida mavjud. Keyinroq dastur yangilangandan keyin asosiy dasturda ham paydo bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

WhatsApp

Baholaganlar

358

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing