Pashinyan yil oxirigacha Armanistonning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga umid bildirdi

Olam

image

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bugun, 14 may kuni mamlakatning joriy yil Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishini istashini aytdi. U bu haqda Daniyada bo‘lib o‘tayotgan Demokratiya sammitida so‘z ochdi.

Jurnalistning “Armaniston YeIga qachon qo‘shilishni xohlar edi”, degan  savoliga arman hukumati yetakchisi “Qaysi yil? Bu yil”, deya javob bergan.

Fevral oyi oxirida Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan jurnalistlarning Yerevanning YeI bilan munosabatlarini chuqurlashtirish va Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod maqomini olishga tayyorligi haqidagi savoliga javob berar ekan, u mamlakat o‘zi uchun maksimal xavfsizlikni ta’minlaydigan yo‘nalishda harakat qilishini aytgan edi.

Mart oyida esa Armaniston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Ararat Mirzoyan Turkiyaning “TRT World” telekompaniyasiga bergan intervyusida Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish g‘oyasi Armaniston tomonidan faol muhokama qilinayotgan qator masalalardan biri ekanligini aytgan. Undan avvalroq Pashinyan Yerevan YeI bilan munosabatlarni Yevroittifoq bunga tayyor bo‘lgani kabi rivojlantirishga ham tayyorligini bildirgan edi.

Eslatib o‘tamiz, yaqin kunlarda Yerevanda minglab namoyishchilar Pashinyan iste’fosini talab qilib oyoqqa turgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Evropa Ittifoqi Armaniston Pashinyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing