Pedofillikda ayblangan “Yeralash” rejissyori jazodan ozod qilinib, taqdirlandi

Madaniyat-san’at

image

13 yoshli bolani tahqirlashda ayblangan "Yeralash" kinojurnalining sobiq rejissyori Ilya Belostotskiy jazodan ozod etildi. Bu haqda u o‘zining "VKontakte" sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Belostotskiy Rossiya Prezidenti Vladimir Putin farmoni bilan “Xavf ostidagilarni qutqargani uchun” medali bilan ham taqdirlangan.

“Rossiya qonunlariga ko‘ra, men jazodan ozod qilindim va sudlanganligim olib tashlandi. Shunday qilib, do‘stlar, xursand bo‘ling, dushmanlar, tirsagingizni tishlang – bundan buyon men mahbus emasman", degan rejissyor.

Uning aytishicha, 2023 yilning kuzida Belostotskiy qamoqda Mudofaa vazirligi bilan shartnoma tuzgan. Ukraina frontidagi Shimoliy harbiy okrugda u hujum otryadi shifokori bo‘lib xizmat qilgan.

Ma’lumot uchun, 2023 yilning yozida Belostotskiy 13 yoshli bolani zo‘rlashda ayblanib, 14 yilga qamalgan edi. Keyinroq unga tayinlangan jazo 6,5 yilga almashtirilgan. Biroq rejissyor o‘z aybini tan olmagan va aybsizligini ta’kidlagan.


Maqola muallifi

Teglar

"Eralash" kinojurnali Il'ya Belostotskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar