Prezident farmoni: O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etiladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 20 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonni qabul qildi.

Qonunga muvofiq, joriy yilning 24 martida ustav kapitali 10 mln dollar bo‘lgan, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi O‘zbekiston–Amirliklar investitsiya kompaniyasi tashkil etilgan bo‘lib, uning ustav fondi bosqichma-bosqich 1 mlrd dollarga yetkazilishi nazarda tutilgan.

Mazkur kompaniya kapitalini shakllantirishda Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) ulushi 75 foizni hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi (O‘zbekiston) ulushi 25 foizni tashkil qiladi. 

Farmonga muvofiq, Kompaniya va uning ta’sischilari 10 yil muddatga daromad solig‘i, mol-mulk solig‘i, yer solig‘i, mol-mulk va aktivlarni realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilindi.

Kompaniyada ishlashga jalb etilgan xorijiy mutaxassislar va ularning oila a’zolariga davlat boji undirilmasdan ko‘p martalik vizalar beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident farmoni

Baholaganlar

18

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made