Vazirlar Mahkamasida yangi tayinlov amalga oshirildi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish kotibiyatiga yangi mudir tayinlandi.

Hukumat qarori bilan kotibiyatga Abdumalik Abduqodirovich Allamurodov rahbar bo‘ldi.

U bunga qadar Surxondaryo viloyatidagi Tadbirkorlar qabulxonasi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasidagi kotibiyatning avvalgi mudiri G‘olibsher Ziyayev Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasining boshlig‘i etib tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Vazirlar Mahkamasi

Baholaganlar

409

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made