Putin 15 yoshli Islom Xalilovni medal bilan taqdirladi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Moskva yaqinidagi “Krokus”da sodir etilgan terakt paytida odamlarni qutqargani uchun asli Qirg‘izistondan bo‘lgan oila farzandi 15 yoshli Islom Xalilovni mukofotladi. Farmon huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, o‘zining jasorati bilan e’tiborga tushgan Islom va yana ikki nafar o‘smir “Xavf ostidagilarni qutqargani uchun” medali bilan taqdirlangan. 

“Ekstremal sharoitlarda odamlarni qutqarishdagi jasorati va qat’iy harakatlari uchun Krasnogorsk maktab o‘quvchilari – Artem Donskov va Islom Xalilov, shuningdek, kollej talabasi Nikita Ivanov mukofotlansin”, deyiladi hujjatda.

Eslatib o‘tamiz, 15 yoshli maktab o‘quvchisi, “Krokus Siti Holl”da garderobchi bo‘lib ishlagan Islom Xalilov xizmatchilarning xonalari orqali chiqish yo‘lini ko‘rsatib, yuzdan ortiq kishining hayotini saqlab qolgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya terakt Putin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made