Putin Rossiyaning XXI asrdagi asosiy qurolini ma’lum qildi
Olam
−
17 may 2019
7000Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin mamlakati qurolli kuchlarining salohiyati yaqin o‘n yillar va butun XXI asrda lazerli qurollarga bog‘liq bo‘lishini aytdi.
Bugun, 17 may kuni Vladimir Putin harbiy sohaga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazib, unda shular haqida aytib o‘tdi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Shuni alohida aytishim kerakki, bu loyihalarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi o‘ta muhim. Negaki, aynan shu kabi qurollar yaqin o‘n yilliklar va, hatto butun XXI asr davomida ko‘p tomonlama Rossiya armiyasining imkoniyatlarini belgilab beradi”, degan RF Prezidenti Putin.
LiveBarchasi