Raqiblaringizning yuziga musht tushiring – Lukashenko Olimpiadaga borishni istagan sportchilarga

Olam

image

Belarus rezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat sportchilarining Olimpiadada neytral maqomda ishtirok etishi bo‘yicha o‘zlari qaror qabul qilishlari kerakligini aytdi. Faqat u o‘yinlarga boradiganlarga "raqiblarining yuziga musht tushirishni" maslahat berdi, deb xabar beradi "BelTA" agentligi.

"Ixtiyor o‘zingizda. Agar sportchi Olimpiadada qatnashishga qaror qilsa, yanada jahli chiqadi. Tushundingizmi, sportda kayfiyat va g‘azab hamohang bo‘ladi. Ammo agar siz allaqachon Olimpiadada qatnashishga qaror qilgan bo‘lsangiz va u yerga neytral maqomda boradigan bo‘lsangiz ham raqiblaringizning yuziga musht tushiring, ularga haqiqiy belarus ekanligingizni ko‘rsating”, degan Lukashenko Kostyukovich tumani aholisi bilan uchrashuvda.

Shuningdek, u Olimpiadada neytral maqomda ishtirok etishni istagan sportchilarni tushunishini qo‘shimcha qilgan. 

“Agar kimdir bormoqchi bo‘lsa, qo‘yavering borsin. Men hech kimga bosim o‘tkazmayman", deydi Lukashenko.

Ma’lumot uchun, Rossiya Ukrainaga keng miqyosda bostirib kirganidan beri rossiyalik va belaruslik sportchilar aksariyat xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan.

2023 yil dekabr oyida Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) rossiyalik va belaruslik sportchilar faqat neytral maqomda (bayroq va madhiyasiz) Olimpiada o‘yinlarida qatnashishlari mumkinligini e’lon qildi. Ukrainadagi urushni ommaviy ravishda qo‘llab-quvvatlagan yoki Rossiya yoki Belarus Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzgan sportchilar bundan mustasno.

Keyinroq XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilar Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaning ochilish marosimidagi paradda ishtirok etmasligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Olimpiada Lukashenko

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made