Ramazon hayitida qanday ob-havo kutilayotgani aytildi

Bu qiziq

image

O‘zgidromet 9-12 aprel kunlari O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.

Ertaga, 9 aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 15-20  darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20 darajagacha pasayadi. 

10-11 aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana 22-27 darajagacha, janubda 30 darajagacha ko‘tariladi.

12 apreldan hafta oxirigacha beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 18-23 daraja bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.

Tog‘li hududlarda 9 va 12-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.

Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

ob-havo Xayit

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing