Rasman: Oriol Romeu “Barselona” futbolchisi bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi 31 yoshli mahalliy yarimhimoyachi Oriol Romeu bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, bugun, 19 iyul kuni futbolchi “Barsa” klubi bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar 3 yillik bitimga imzo chekkan. Romeu bunga qadar Ispaniyaning boshqa bir klubi “Jirona” sharafini himoya qilgan. Endilikda Kataloniya klubi ispaniyalikning transferi uchun “Jirona”ga 6 million yevro to‘lab beradi. Oriolning tovon puli 400 mln yevro qilib belgilangan.

Ma’lumot uchun, Oriol o‘tgan 2022/2023 yilgi mavsumda La Ligada 33 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga mualliflik qilgan. Romeu Kataloniya klubi tarbiyalanuvchisi sanalib, 2010/2011 yilgi mavsum asosiy jamoada bitta o‘yin o‘tkazgan. Shuningdek, u professional faoliyati davomida “Chelsi”, “Valensiya”, “Shtutgart” va “Sautgempton” jamoalari safida ham to‘p surgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Oriol Romeu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing