“Real” hujumchisiga Saudiya klublari qiziqish bildirmoqda

Sport

image

“Real” hujumchisi Xoselu mavsum oxirida Yaqin Sharqqa ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda “Marca” xabar berdi. 

Huquqlari Kataloniyaning “Espanol” klubiga tegishli bo‘lgan 34 yoshli ispaniyalik futbolchiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda.

Shu bilan birga, madridliklar Xoseluni 1,5 million yevroga sotib olish imkoniyatiga ega, “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti esa hujumchini klubda qolishini istayapti, biroq kelasi mavsumda “qaymoqranglilar” safiga Kilian Mbappe va Endrikning kelishi tufayli Xoselu jamoadan ketishi mumkin.

Joriy mavsumda 42 o‘yinda 13 ta gol urgan Xoseluning o‘zi ham “Real”da qolishni xohlayapti. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Killian Mbappe “Real”ga o‘tish uchun o‘zining odatiy pozitsiyasida o‘ynamaslikka tayyorligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Xoselu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing