Rim Papasi dunyo davlatlariga murojaat bilan chiqdi
Olam
−
04 mart
14067Shifoxonadan chiqqan Rim Papasi Fransisk dunyoni umumiy qurolsizlanishga chaqirib, buni xalqaro hamjamiyatning ma’naviy burchi deb atadi. U bu haqda kecha 3 mart kuni Vatikandagi Avliyo Pyotr maydonidagi an’anaviy yakshanba ma’ruzasida aytib o‘tgan.
"Harbiy xarajatlarga shunchalik ko‘p mablag‘ sarflanmoqdaki, hozirgi vaziyat tufayli ular yanada ortmoqda. Xalqaro hamjamiyat qurolsizlanish majburiyat, ma’naviy burch ekanligini tushunadi, deb umid qilaman”, degan u.
Fransiskning qo‘shimcha qilishicha, qo‘rquv muvozanatidan ishonch muvozanatiga o‘tish uchun buyuk xalqlardan jasorat talab etiladi.
Rim Papasi avval ham bir necha bor qurollanish poygasi va mojaro zonalariga qurol yuborilishiga qarshi chiqqan edi. Unga ko‘ra, harbiy xarajatlarga ketayotgan pul qurollanish uchun emas, aholini qo‘llab-quvvatlashga ishlatilishi kerak.
LiveBarchasi