Ronaldu barcha futbolchilar orzusidagi rekord egasiga aylandi

Sport

image

Xabaringiz bor, Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A seriyasining bu mavsumidagi eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. 

E’tiborlisi, Ronaldu bu natija bilan o‘ziga xos rekord egasiga aylandi. Ya’ni u Yevropadagi kuchli beshlik chempionatlarining uchtasida mavsum futbolchisi deb topilgan ilk futbolchiga aylandi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum avvalida Krishtianu Madridning “Real” klubidan Turinning “Yuventus” klubiga ko‘chib o‘tgan edi.

E’tiborlisi, zamonamizning eng yaxshi ikki futbolchisidan biri Italiya A seriyasiga ham juda yaxshi moslashib ketdi. U bu mavsum davomida A seriyada 31 o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol kiritdi.


Maqola muallifi

Teglar

Yuventus Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

90

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing