Ronaldu faoliyatini qayerda yakunlashini aytdi

Sport

image

“Al-Nasr” klubining portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatini Portugaliyada yakunlamoqchi. Bu haqda futbolchi TCR nashriga bergan intervyusida aytdi.

“Men faoliyatimni “Sporting”da tugataman. “Sporting”da hech bo‘lmasa bir mavsum o‘ynamasam, bu adolatsizlik bo‘ladi. “Sporting”siz, hozir ehtimol, McDonalds'da ishlayotgan bo‘lardim”, deydi futbolchi.

Qayd etish joiz, Krishtianu 1997 yildan 2003 yilgacha Lissabon klubi tizimida bo‘lgan. Ronaldu 2023 yilning yanvarida “Al-Nasr”ga o‘tdi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2025 yilning yozida tugaydi.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli hujumchi joriy mavsum Saudiya Arabistoni chempionatida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 22 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Sporting Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing