Ronalduning eng chiroyli gollari reytingi tuzildi

Sport

image

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning 2017/18 yilgi mavsum Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finalida “Real” safida “Yuventus”ga urgan qaychi uslubidagi goli futbolchining faoliyatidagi eng chiroyli gol deb topildi. Bu haqda “FourFourTwo” xabar berdi.

Ronaldu faoliyatidagi eng chiroyli golni urgan o‘yinda “Real” Turin klubini safarda 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratgandi. Britaniya nashri tomonidan tuzilgan Ronalduning eng chiroyli gollari reytingiga 34 ta gol kiritildi.

Gollar ichida 2-pog‘onadan Krishtianuning 2009 yil MYU safida “Portu”ga uzoq masofadan kiritgan to‘pi joy oldi. Hujumchining 2018 yilgi Jahon chempionatida Ispaniya darvozasiga urgan goli 3-o‘rinni egalladi.

Ronalduning eng chiroyli beshta goli:

1. 2017/18 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi 1/4 finalida “Yuventus” darvozasiga kiritgan goli (“Real Madrid”, 2018);

2. 2008/09 yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi 1/4 finalidagi uzoq masofadan “Portu”ga urgan goli (“Manchester Yunayted”, 2009 yil);

3. JCH-2018 da Ispaniyaga jarima zarbasidan urgan goli (Portugaliya termasi, 2018 yil);

4. A Seriya 2019/20da “Sampdoriya”ga boshi bilan urgan goli (“Yuventus”, 2019);

5. Ispaniya Superkubogida “Kamp Nou”da “Barselona”ga urgan goli (“Real Madrid”, 2017 yil).


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Yunayted Yuventus Krishtianu Ronaldu Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing