Ronalduning taqdimotini 3 milliardga yaqin kishi tomosha qildi

Sport

image

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronalduning Saudiya klubidagi taqdimotini 3 milliardga yaqin odam tomosha qildi. Bu haqda insayder Pedru Sepulveda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 40 ga yaqin kanal portugaliyalikning taqdimotini namoyish qilgan. Taqqoslash uchun, JCH-2022 finalini butun dunyo bo‘yicha 2 milliard tomoshabin jonli tarzda tomosha qilgandi.

Ronalduning "Al-Nasr" bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. "Al-Nasr"ga o‘tishdan oldin Ronaldu "Manchester Yunayted"da o‘ynagan va 2022 yilning noyabrida tanqidiy intervyusidan so‘ng "qizil iblislar" bilan shartnomani bekor qilgandi.

Avvalroq, Ronaldu yangi klubida terma jamoadagi jamoadoshi Pepeni ko‘rishni istayotgani xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Saudiya Arabistoni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made