Rossiya Mudofaa vazirligida “tozalash”: Shoygu ishdan ketishi mumkin 

Olam

image

Rossiya Mudofaa vaziri o‘rinbosari Timur Ivanovning hibsga olinishi ortidan Sergey Shoygu lavozimidan ajralishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib, "Forbes" xabar berdi.

Nashr suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, Mudofaa vazirligi rahbariyatida kutilayotgan o‘zgarishlar Shoygu bilan uzoq yillardan beri birga ishlagan vazir o‘rinbosari Timur Ivanovning hibsga olinishi bilan bog‘liq.

Ivanov joriy yilning 23 aprel kuni yirik miqdorda pora olganlikda gumonlanib, qo‘lga olingan. Unga 23 iyunga qadar qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Bungacha u vazirlikning qurilish loyihalariga mas’ul bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqlarda Ivanov Mudofaa vazirining hamtovog‘i ekani haqidagi gap-so‘zlar ham bolalayapti. 

"Ayniqsa, katta miqdorda pora olganlikda ayblanayotgan Ivanovning hibsga olinishi vazirlikda Shoyguga yaqin bo‘lganlarni tozalash boshlanganini anglatadi. Mudofaa vazirligidagi barcha yirik qurilish loyihalari hamda qo‘shinlar ta’minotini nazorat qilgan Ivanov kamida 15 yilga qamalishi aniq bo‘lib turibdi. Ivanov uchun savollar yig‘ilib qolgan va uning anchagina "shiltalari" bor", deydi nashrning yuqori martabali manbasi.

Siyosatshunos Abbos Gallyamov ham Ivanov Shoyguga eng yaqin odam ekanligini va uning hibsga olinishi amaldagi vazirning o‘z kursisidan ajralishiga ishora ekanini aytgan.

Kreml Mudofaa vaziri o‘rinbosari hibsga olinishi va uning davlatga xiyonatda gumon qilinayotgani haqidagi mish-mishlarga izoh bergan.

"Hali hech narsa ma’lum emas, turli talqinlar bor, rasmiy ma’lumotlarga tayanishimiz kerak. Tergov bo‘ladi. Ba’zi mulohazalar taxminlardan boshqa narsa emas. Diqqatimizni tergovga qaratib, sud qarorini kutishimiz lozim", degan Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.

Peskov bundan ortiq ma’lumot bera olmasligini qo‘shimcha qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing