Rossiya Odessaga yana ballistik raketalar bilan zarba berdi

Olam

image

Kecha, 1 may oqshomida Rossiya armiyasi yana Odessaga ballistik raketalar bilan hujum qildi. Bu haqda Odessa viloyati harbiy boshqarmasi rahbari Oleg Kiper ma’lum qildi.

Kuchli yong‘inga sabab bo‘lgan portlashlar oqibatlari aks etgan video va fotosuratlar voqea guvohlari tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan. Oleg Kiperning aytishicha, hujum oqibatida kamida 14 kishi jabrlangan, fuqarolik infratuzilmasi zarar ko‘rgan.

Bir qator Ukraina OAVlari asosiy zarba saralash ombori va tezkor yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi “Novaya pochta” kompaniyasining filialiga tushganini yozdi. Kompaniya xodimlarining o‘limi yoki jarohatlangani haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Qayd etish joizki, Rossiya qo‘shinlari oxirgi paytlarda Odessaga muntazam ravishda ballistik raketalar bilan hujum qilib kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, kecha, 1 mayga o‘tar kechasi shahar markazida uyushtirilgan bunday zarba oqibatida uch kishi, jumladan bir politsiyachi halok bo‘lgan, yana uch kishi yaralangandi. 29 apreldagi hujum oqibatida esa besh nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan, 32 nafari jarohatlangan edi. Mahalliy hokimiyat vakillarining ta’kidlashicha, Rossiya armiyasi turarjoy binolari va fuqarolik infratuzilmasini nishonga olmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina Odessa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made