Rossiya va Belarus Parij-2024 ga taklif etilmadi

Sport

image

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) 2024 yilda Fransiya poytaxti Parij shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiyada o‘yinlariga Rossiya va Belarusni taklif qilmadi. Bu haqda qo‘mita axborot xizmati xabar berdi

Ma’lum qilinishicha, XOQ prezidenti Tomas Bax uch kunlik tashrif bilan Fransiya poytaxtida bo‘lib, u yerda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi startiga bir yil qolgani munosabati bilan teskari sanoq boshlanganini e’lon qilgan.

Shuningdek, prezident kecha, 26 iyul kuni 203 ta mamlakat sportchilarini Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashishga rasman taklif qilgan, biroq ular safida Rossiya va Belarus yo‘q. Bax rossiyalik va belaruslik sportchilarga neytral bayroq ostida ishtirok etish imkoniyati berilishi yoki ularning ishtiroki butunlay ta’qiqlanishi haqidagi mavzuni ochiq qoldirgan.

“Olimpiya Xartiyasiga muvofiq, bugun butun dunyodan sportchilarni Fransiya poytaxti Parij shahrida XXXIII Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazish uchun to‘planishga taklif qilish orqali ushbu muhim voqeani nishonlash men uchun katta sharaf va mamnuniyatdir”, deydi Tomas Bax.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya XOQ Belarus' Parij-2024

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing