Rossiyada vazirlik Apple mahsulotlaridan foydalanishni taqiqladi

Olam

image

Rossiyaning raqamli rivojlanish vazirligi davlat xavfsizligini ta’minlash maqsadida xodimlariga Apple kompaniyasiga tegishli iPhone va iPad`lardan ishda foydalanishni taqiqladi. Bu haqda “Reuters” agentligi ma’lum qildi. 

Gap shundaki, bundan ikki oy avval Rossiya Federal Xavfsizlik Xizmati bir necha ming Apple qurilmalariga AQSH josuslik operatsiyasi tomonidan buzib kirishlar kuzatilgani haqida ma’lum qilgan edi. Natijada Vazirlik ushbu taqiqlarni joriy qildi.

Shuningdek, FXX AQSH Milliy xavfsizlik agentligini Apple bilan hamkorlik qilganlikda ayblagan. Ammo agentlik bu da’volarga izoh berishdan bosh tortdi. Apple esa bu ayblovlarni rad etdi. 

 “Apple mobil qurilmalari – smartfon va planshetlardan ish ilovalariga kirish va ishda elektron pochta almashish uchun foydalanish taqiqlandi. IPhone'dan faqat shaxsiy ehtiyojlar uchun foydalanishga ruxsat beriladi”, dedi vazir Maqsut Shadayev.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin Microsoft korporatsiyasini Kiyevga yordam berganlikda ayblagan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya taqiq Apple vazirlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made