Rossiyada jangovar tayyorgarlik samolyoti halokatga uchradi

Olam

image
0:00
0:00
download

Kecha, 14 avgust kuni Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida L-39 o‘quv samolyoti halokatga uchradi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi xabarida aytildi.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, ekipaj a’zolaridan biri halok bo‘lgan. Voqea aerodrom hududida yuz bergan.

“2023 yil 14 avgust kuni Krasnodar o‘lkasida rejalashtirilgan o‘quv parvozi chog‘ida aviatsiya polkining L-39 o‘quv samolyoti qo‘nish chog‘ida halokatga uchradi. Samolyot aerodromga qulagan. Yerda jabrlanganlar yo‘q. Joydagi dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, ekipaj a’zolaridan biri halok bo‘lgan”, deyiladi xabarda.

Ayni paytda, hodisa sabablari aniqlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 12 avgust kuni Rossiyaning Kaliningrad viloyatida Su-30 qiruvchi samolyoti halokatga uchragandi. Rossiya G‘arbiy harbiy okrugi samolyotning qulashiga texnik nosozlik sababligi, oqibatda ekipaj a’zolari halok bo‘lganini bildirgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya samolyot Krasnodar L-39

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing