Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidan haydash taklif qilindi

Olam

image

Ukraina sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Ulyana Suprun Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashidan chiqarib yuborishga chaqirdi. Bu haqda “Ukrinform” xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Hukumati Donbass, Qrim va siyosiy mahbuslar masalasida xalqaro qonun-qoidalarga rioya qilishdan bosh tortyapti. Bundan tashqari Suprun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirishni ham taklif qildi.

Ulyana Suprun Butunjahon sog‘liqni saqlash assambleyasining Jenevada o‘tayotgan 72-sessiyasi vaqtida BMT Rossiyaning Xavfsizlik Kengashidagi a’zoligiga toqat qilmasligi kerakligini aytgan.

“Rossiya Federatsiyasi xalqaro huquq tizimiga qaytmaguncha BMTda uning Xavfsizlik Kengashidagi ishtirokiga toqat qilish kerakmas”, degan vazir.

Suprunning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Hukumati Donbass va Qrimdan o‘z askarlarini olib chiqib ketishi va ukrainalik harbiy asirlar va siyosiy mahbuslarni ozod qilishi kerak.

Suprun shuningdek, xalqaro tashkilotlar, xususan, Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkilotiga murojaat qilib, Rossiya tomoni ko‘rsatadigan moliyaviy ko‘makdan voz kechishga chaqirdi. Shu bilan birga Rossiyaga qarshi sanksiyalarni saqlab qolish va yanada kengaytirish kerakligini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Ul'yana Suprun

Baholaganlar

61

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing