“Ro‘mol o‘ramay o‘l, itdan ham pastsan”... Andijonda maktab direktori o‘quvchilarni haqorat qildi (video)

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi 4-umumta’lim maktabi direktori Mahfuzaxon Homidovaga tegishli ekani aytilayotgan audioyozuv tarqaldi. Audioda maktab direktorining yig‘ilishda tartibni saqlamay, ovozini balandlatgan o‘quvchilarni haqorat qilganini eshitish mumkin. Unda: 

"Ey, ro‘mol o‘ramay o‘l, itdan ham pastsan... Bila turib hingillab turishini", kabi so‘zlar bilan tanbeh bergan maktab rahbari.

QALAMPIR.UZ mazkur holatga yanada aniqlik kiritish maqsadida Shahrixon tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi matbuot kotibi Abdurashid Habibullayev bilan bog‘landi.

"26 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda “Shahrixon tumanidagi 4-umumta’lim maktabi direktori xatti-harakatlarida madaniyat bormi?" sarlavhasi ostidagi xabarlar tarqaldi. Aniqlanishicha, mazkur holat xuddi shu kuni ertalab sodir bo‘lgan. Audiodagi ovoz haqiqatdan ham maktab direktoriga tegishli ekani ma’lum bo‘ldi. Ayni paytda ishchi guruh tuzilib, o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Uning natijalari haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi”, deydi Habibullayev.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Milliy liboslarni targ‘ib qilgan ayollarni haqoratlagan erkak 15 sutkaga qamalgandi.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Andijon Shahrixon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made