Sem Altman ishga qaytmasa OpenAI xodimlari Microsoft'ga o‘tib ketmoqchi

Texnologiya

image

ChatGPT'ni ishlab chiquvchi OpenAI kompaniyasining deyarli barcha xodimlari kompaniya asoschilaridan biri Sem Altmanni bosh direktor lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan direktorlar kengashi tarkibini o‘zgartirishni talab qilmoqda. Bu haqda “Bloomberg” xabar berdi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, direktorlar kengashi tarkibini o‘zgartirishni talab qiluvchi xatni imzolagan 770 OpenAI  xodimining 700 nafardan ortig‘i direktorlar kengashi iste’foga chiqmasa va Altman o‘z lavozimiga tiklanmasa, ishdan bo‘shashlarini hamda kompaniyaning asosiy investori – Microsoft kompaniyasiga ishga o‘tishi bilan tahdid qilgan.

Xatda aytilishicha, ular kompaniyaning missiyasi va xodimlari uchun yetarli malakaga, mulohazaga ega bo‘lmagan odamlar uchun ishlay olmaydi.

“Microsoft bizni barcha OpenAI xodimlari uchun bo‘sh ish o‘rinlari mavjudligiga ishontirdi", deyiladi xodimlar imzolagan xatda.

Dastlab maktubni 500 dan ortiq xodim imzolagani xabar qilingan edi, keyin “Bloomberg” murojaatni 700 dan ortiq kishi qo‘llab-quvvatlaganini aniqlagan.

Xatni imzolaganlar orasida Sem Altmanni ishdan bo‘shatishda ishtirok etgan OpenAI asoschilaridan biri va direktorlar kengashi a’zosi Ilya Sutskever ham bor. Ilya Sutskever direktorlar kengashining harakatlarida ishtirok etganidan chuqur afsusda ekanini aytgan. 

“Men hech qachon OpenAI'ga zarar yetkazishni xohlamaganman. Men birgalikda qurgan hamma narsani yaxshi ko‘raman va kompaniyani qayta birlashtirish uchun hamma narsani qilaman”, deydi Sutskever.

OpenAI – sun’iy intellekt texnologiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri. ChatGPT tomonidan ishlab chiqilgan. OpenAI'ning asosiy investori va eksklyuziv hamkori Microsoft korporatsiyasi hisoblanadi.

Sem Altman OpenAI asoschilaridan biri. U, shuningdek, odamlarga biometrik ma’lumotlari (to‘r pardasini skanerlash) evaziga bir xil nomdagi kriptovalyutani taklif qilgan Worldcoin loyihasining hammuassislaridan biri edi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Sem Altman OpenAI bosh direktori va kompaniya direktorlar kengashi lavozimini tark etgandi. Kompaniya uning ishdan bo‘shatilishiga sabab qilib yangicha boshqaruv zarur deb hisoblashini aytgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

ChatGPT OpenAI Sem Al'tman

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made