Samarqandda 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olganlar ushlandi

3-sahifa

image

Samarqand viloyatining Ishtixon tumanida o‘zboshimchalik bilan jami 13,1 ming kub marmarni noqonuniy qazib olgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda bugun, 24 aprel kuni Bosh prokuratura departamenti xabar berdi.

Bildirilishicha, departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda "S." AJ mas’ul shaxslari "Zarband (1978)" marmar konining kon ajratmasi bo‘yicha belgilangan chegaradan ko‘p marmar qazib olgan hamda tabiiy ob’ektlarga 5,1 mlrd so‘m zarar yetkazgan.

"Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 192-11-moddasi (nodavlat tijorat tashkilotida yoki boshqa nodavlat tashkilotida mansabdor shaxslar tomonidan o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish) va 229-moddasi (o‘zboshimchalik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tarkibida oltin bo‘lgan ruda toshlarini noqonuniy qazib olgan shaxslar ushlangandi. 

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand marmar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing