Samarqandda IIB katta inspektori 60 ming AQSH dollari bilan qo‘lga tushdi

Jamiyat

image

Joriy yilning 15 may kuni Samarqand viloyati Tayloq tumani IIB xodimi 60 ming AQSH dollarini pora sifatida olayotganda qo‘lga tushdi. Bu haqda Bosh Prokuraturaning Matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumanning IIB HPB IIO profilaktika katta inspektori A.S. 420-sonli militsiya tayanch punktidagi xizmat xonasida fuqaro N.M.dan tuman hokimining binoga bo‘lgan egalik qilish haqidagi qarorini chiqartirib berish evaziga oldindan kelishilgan 70 ming AQSH dollaridan 60 ming AQSH dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan A.S.ga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

288

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing