Samarqandda o‘quvchi qizga tazyiq o‘tkazib kelinayotgani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatining Payariq tumanidagi 78-maktab o‘quvchisiga nisbatan jismoniy tazyiq o‘tkazib kelinayotgani to‘g‘risida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bolalar ombudsmani munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, shu yilning 19 aprel kuni 2009 yilda tug‘ilgan, 7-"V" sinf o‘quvchisi U.A. (qiz bola)ning  sinfdoshlari uning qo‘lida ko‘karish holati borligidan xabar topib, ingliz tili o‘qituvchisi Sh.Sh. ga ma’lum qilgan. Lekin o‘qituvchi bolaga nisbatan sodir etilgan zo‘ravonlik yuzasidan tegishli ravishda xabar bermagan va bu borada chora ko‘rilmagan.

“Hozirda Payariq tumani IIB tomonidan holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, mazkur vaziyat kompleks ravishda tuman prokuraturasi, maktab inspektor-psixologi va tumanning "Inson" ijtimoiy himoya markazi xodimlari tomonidan o‘rganilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ombudsman yaqin kunlarda ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilishini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jizzaxda erkak Koreyada ishlayotgan turmush o‘rtog‘iga achchiq qilib, videoqo‘ng‘iroq paytida o‘z bolasining bo‘g‘ziga pichoq tiragani haqida xabar bergandik.

Rayhona Ulkanbayeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Samarqand IIB

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing