Samarqanddagi noturar joyda yong‘in yuz berdi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyati Bulung‘ur tumanida bug‘doy omborida yong‘in bo‘layotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, “Jomboy don” AJga qarashli omborda yong‘in sodir bo‘lmagan.

Bugun, 24 aprel kuni tungi soat taxminan 02:23 larda Bulung‘ur tumani “Ulug‘bekʼʼ MFYda joylashgan fuqaro O‘.A.ga tegishli vaqtincha foydalanilmayotgan noturar binoda yong‘in sodir bo‘lgani haqida tuman FVBga xabar berilgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 02:42 da yetib borib, soat 03:56 da yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida binoning 50 kv.m maydonida ichki qismi va bino oldida bo‘lgan Damas yonib zararlangan va taxminan 50 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing