Semizlik avj olgan O‘zbekistonda to‘g‘ri ovqatlanish bo‘yicha umummilliy harakat boshlanadi

Salomatlik

image
0:00
0:00
download

Bugungi kunda O‘zbekiston aholisining 56 foizida ortiqcha vazn, 30 foizida surunkali kasalliklar bor. Shu bois mamlakatda "To‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lom turmush tarzi" umummilliy harakati yo‘lga qo‘yiladi.

Bu haqda kecha, 13 fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi  ijtimoiy sohalarga mas’ul rahbarlar bilan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Unda tibbiyot ta’limiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy qilish, tizimni raqamlashtirish va tibbiy sug‘urtani yo‘lga qo‘yish orqali xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda ta’lim va tibbiyot sifati, ilm-fan va madaniyat rivoji, yoshlar hayoti kabi sohalardagi vazifalar muhokama qilindi.

Ta’kidlanishicha, 2023 yildan boshlab o‘quvchilarni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining eng ustuvor vazifasi bo‘ladi.

Bundan tashqari, institut va universitetlarning faoliyati isloh qilinib, malakali kadrlar tayyorlash, ilm bilan ishlab chiqarish integratsiyasi kengaytiriladi.

Yig‘ilishda shuningdek, teatr, musiqa va kino sohalarini rivojlantirish, maqom va baxshichilikni asrab-avaylash muhimligi ta’kidlandi. O‘zbek xalqi madaniyati va tabiat maskanlarini keng targ‘ib qilib, turistlarga sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Semizlik to'g'ri ovqatlanish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made