Shimoliy Amerikada to‘liq quyosh tutilishi kuzatildi (video)

Bu qiziq

image

Kecha, 8 aprel kuni joriy yilning birinchi quyosh tutilishi sodir bo‘ldi, uni Shimoliy Amerika aholisi kuzatdi. Noodatiy hodisaning kadrlari allaqachon internetda paydo bo‘ldi. 

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 00:00 da Meksika shtatlaridan boshlangan, keyin uni Texas va AQSHning markaziy shtatlari aholisi ko‘rgan. Qayd etilishicha, joriy yilda to‘liq tutilishni deyarli 32 million kishi kuzatgan. Bu 2017 yilga nisbatan qariyb 2,5 barobar ko‘pdir. AQSHning har bir shtatida, shuningdek, Meksikaning ayrim shimoli-g‘arbiy hududlari va Kanada janubi-sharqida u yoki bu darajada quyosh tutilishini ko‘rish mumkin edi.

“Euronews”ning aniqlik kiritishicha, tutilish deyarli to‘rt daqiqa davom etgan — oy Quyoshni to‘liq qoplagan, osmon esa qorong‘ilashgan. Ko‘rish qobiliyatiga zarar bermaslik uchun bu vaqtda maxsus himoya ko‘zoynagi yordamida osmonga qarash kerak.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, tutilishning qisman bosqichlarini Shimoliy va Janubiy Amerika, Markaziy Amerika va G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida joylashganlar ham ko‘ra olgan. Keyingi to‘liq tutilish 2026 yil 12 avgustda sodir bo‘ladi va shimoliy yarim sharning bir qismini qamrab oladi. Quyosh tutilishining koinotdan qanday ko‘rinishini Milliy Aeronavtika va Koinot boshqarmasi (NASA) mutaxassislari ko‘rsatdi. Tegishli videolar agentlikning Twitter akkauntida paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

quyosh tutilishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing