Shohasan Mirzamatov MPL 9'da jang qilmaydi

Sport

image

O‘zbekistonlik aralash yakkakurash ustasi Shohasan Mirzamatov Murodov professional ligasining 9-turnirida ishtirok etmaydi. Bu haqda sportchining o‘zi QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.

Mirzamatov 19 aprel kuni Octagon 57 turnirida qatnashayotgani va MPL bilan vaqt intervali qisqaligi bois, may oyida o‘tkaziladigan MPL 9'da jang o‘tkazmaydi.

Shuningdek, Mirzamamatovning turnirdagi raqibi ham o‘zgardi. 19 aprel kuni 33 yoshli jangchi ozarbayjonlik Emin Sharifov bilan bahs olib borishi kerak edi, biroq Sharifov jarohati bois Mirzamatovga qarshi oktagonga ko‘tarila olmaydi.

Katta ehtimol bilan Octagon 57 musobaqasida o‘zbekistonlik jangchiga eronlik sportchi raqiblik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shohasan Mirzamatov Murodov professional ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing