Sirdaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Akmal Mirzayev Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi. 

Ma’lumot uchun, Akmal Mirzayev 1971 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. 1997 yilda Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini, 2003 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tamomlagan. 

U turli yillarda Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligida boshqarma boshlig‘i bo‘lgan. 2018-2022 yillarda Qishloq va suv xo‘jaligida vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan. Tayinlovga qadar u Sirdaryo viloyati Sardoba tumani hokimi edi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo O'zA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made