Sirdaryoda qimorboz jiyan xolasining namoz o‘qiyotgan o‘g‘lini o‘ldirdi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Sirdaryoda totalizatorda 100 million so‘mdan ortiq mablag‘ yutqazib qo‘ygan shaxs o‘z xolasining o‘g‘lini namoz o‘qiyotgan vaqtida pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda viloyat sudi Matbuot xizmati QALAMPIR.UZ’ga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati Guliston shahrida yashovchi 26 yoshli X.Bozorov onlayn qimor o‘yinlarini o‘ynab, natijada 100 million so‘mdan ortiq qarz bo‘lib qoladi. Shu bois, xolasining uyidagi seyfda tahminan 5 000 AQSH dollari borligini bilib, uni bosqinchilik yo‘li bilan o‘zlashtirmoqchi bo‘lgan.

Joriy yilning 18 mart kuni soat 13:00 larda xolasi M.Ortiqovaning (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) uyiga kirib, uning 2003 yilda tug‘ilgan farzandi B.Ortiqov namoz o‘qiyotganidan foydalanib, unga oshxona pichog‘i bilan 10 marotaba zarba berib, yuz qismini ko‘rpa bilan yopib, bo‘g‘ib qasddan o‘ldirishga harakat qiladi. Bu vaqtda bolaning yordam so‘rab baqirayotganini eshitgan qo‘shnisi yugurib kirib, ichki ishlar xodimlarini chaqirishini aytadi. Shundan so‘ng jinoyatchi ko‘chaga qochib chiqib ketadi.

Ma’lum qilinishicha, jabrlanuvchi olgan tan jarohatlari oqibatida joriy yilning 18 mart kuni soat 15:50 da Shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Sirdaryo viloyat filialida vafot etgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Guliston shahar sudida joriy yil 24 avgust kuni mazkur jinoyat bo‘yicha ochilgan jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, jinoyatchiga Jinoyat kodeksiningning 97-moddasi 2-qismi “j”, “i” bandlari, 164-moddasi 3-qismi “g” bandi va 25,97-moddasi 2-qismi “r” bandi bilan, shuningdek, JKning 59-moddasi tartibida 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Jinoyatchi jazoning dastlabki 3 yili turmaga qamash tariqasida, qolgan qismi esa umumiy tartibli koloniyalarda o‘tashi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik namoz

Baholaganlar

1021

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made