“Siz toza shimda yurasiz, o‘g‘lingiz esa Dubayda”. Orsklik ayol shahar merini tanqid qildi

Olam

image

Rossiyaning Orsk shahrida fuqaro shahar meri Vasiliy Kozupitsani toshqinda hech qanday harakat qilmaganlikda ayblab, tanqid qildi. Uning so‘zlarini NeTV Telegram-kanali keltirmoqda.

E’lon qilingan videoda Orsk shahrida yashovchi fuqaro uning qarshisida turgan shahar meri Kozupitsaga murojaat qilib, hech qanday yordam olmaganini aytadi.

Atrofdagilar ayolni tinchlantirishga harakat qilgan, lekin u o‘zini yomon his qilayotganini, chunki unga hech kim javob bermayotganini aytgan.

"Siz uyingizda o‘tirasiz, sizda hamma narsa yaxshi! Vijdonli bo‘ling. Biz ikki haftadan beri pulsiz, hech narsasiz qolmoqdamiz. Turmush o‘rtog‘im nega o‘ldi? Chunki siz toza shimda o‘tirasiz, o‘g‘lingiz esa Dubayda. Uyalmayapsizmi?", deya davom etgan Orsk fuqarosi Kozupitsaga murojaat qilib.

Ushbu uchrashuv qayerda va qachon bo‘lib o‘tgani aniqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 aprel kuni Rossiyaning Orenburg viloyatidagi Orsk shahrida mintaqani Ural daryosining toshib ketishidan himoya qiladigan to‘g‘on buzildi. Oqibatda minglab uylar suv ostida qoldi. To‘g‘on buzilganidan keyin uchinchi kuni Orsk aholisi suv toshqinidan jabr ko‘rganlarga yordam so‘rab, ma’muriyat oldiga keldi. Viloyat gubernatori Denis Pasler ular bilan uchrashib, to‘lovlar va zararni baholovchi va tovon miqdorini aniqlaydigan komissiya tuzishga va’da bergan.

O‘z navbatida, Orsk meri halok bo‘lgan har bir oila a’zosi uchun 100 ming rubldan to‘lov va’da qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Orsk Vasiliy Kozupitsa

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made