Taniqli turkiyalik futbolchi vafot etdi

Sport

image

Turkiya terma jamoasi va bir qator turk jamoalarining sobiq hujumchisi Ersen Martin 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda “Trabzonspor” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Martin aorta arteriyasi yorilib ketganidan keyin falaj bo‘lib qolgan. Turkiya terma jamoasining sobiq futbolchisi uzoq muddatli davolanish jarayonini boshdan o‘tkazdi.

Martin Turkiya terma jamoasi tarkibida 2004 yilning avgust oyida debyut qilgan va milliy jamoa libosida 3 ta o‘yinda maydonga tushgan.

Hujumchi faoliyati davomida “Denizlispor”,  “Trabzonspor”,  “Qosimposhsho” va boshqa klublarda to‘p surgan. Faoliyatidagi eng ko‘p o‘yinlarni “Denizlispor” tarkibida o‘tkazgan.  “Denizlispor”da u barcha turnirlarda 103 ta uchrashuvda qatnashib, 36 ta gol va 13 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Martin 2013 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ersen Martin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar