Tezkor xabar: Ahmadboyga jazo tayinlandi

Jamiyat

image

Bugun, 20 may kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmadjon Tursunboyev uning jinoiy sheriklari ustidan yakuniy sud hukmi e’lon qilindi.

Sud jarayonida ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbirining ma’lum qilishicha, Ahmadjon Tursunboyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi a, b bandlariga asosan uzil-kesil 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Shuningdek, Ahmadjon Tursunboyevga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25 orqali 168 moddasining 3-qismi a, v bandlari bilan ish haqining 20% ini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda ikki yil ahloq tuzatishlari jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi sudyasi Xayriddin Shermuxamedov raisligida ko‘rib chiqilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

492

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing