Toshkent yana bir Xalqaro forumga mezbonlik qiladi

Jamiyat

image

Toshkentda “Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar forumi o‘tkazilishi mumkin. Ushbu forumning birinchisi 2018 yil 27-28 fevral kunlari Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan edi. 

O‘zbekiston tomoni ushbu shakldagi ikkinchi uchrashuvni kelishilgan muddatda Toshkentda tashkil etishga tayyor. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori bilan uchrashuvda ma’lum qildi. 

Bugun, 12 fevral kuni Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov va Slovakiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Yan Bori o‘rtasida ushrashuv o‘tkazilgan.  

Suhbat chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-Slovakiya muloqotining hozirgi holati muhokama qilindi va 2019 yili munosabatlarni rivojlantirish istiqbollariga asosiy urg‘u berildi. 

Turli darajalardagi aloqalar va o‘zaro hamkorlik institutlarini faollashtirishdan tomonlar manfaatdorligi tasdiqlandi,  xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning to‘rtinchi raundi,  Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha idoralararo komissiyaning birinchi majlisini o‘tkazish jadvali yuzasidan fikr almashildi. 

Suhbat chog‘ida ikki tomon kun tartibidagi boshqa masalalar ham muhokama qilindi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ilhom Ne'matov Yan Bori O'zbekiston-Slovakiya Vishegrad guruhi + Markaziy Osiyo

Baholaganlar

14

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made