O‘zbekistonga rasmiy nota yuborilmaydi – Qozog‘iston

Olam

image
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani qachon ochishi ma’lum bo‘ldi north_east

Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegarani qachon ochishi ma’lum bo‘ldi

Sardoba suv omboridagi favqulodda holat sababli Qozog‘iston hududini suv bosishi munosabati bilan O‘zbekistonga norozilik notasini yuborish imkoniyati masalasi Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Aybek Smadiyarov tomonidan izohlandi. Bu haqda bugun, 5 may kuni “Kazinform” nashri xabar berdi.

“Sardoba suv omborining O‘zbekiston Respublikasi hududidagi suv oqimi va Turkiston viloyatidagi qator aholi punktlarini suv bosishi bilan bog‘liq vaziyat hukumatimizning alohida nazoratida. Ma’lumki, shu yil 2 may Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘rtasida telefon orqali suhbat bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida tomonlar mavjud vaziyatni jiddiy muhokama qilishdi va ikki mamlakat hukumatlarining birgalikda ishlashi to‘g‘risida kelishib oldilar“, deydi Aybek Smadiyarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, suv toshqinining oqibatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha hukumatlar va chegaraoldi hududlari rahbarlarining yaqin hamkorligini hisobga olib, O‘zbekiston tomoniga Qozog‘iston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining notasini yuborish masalasi bunga holatda to‘g‘ri kelmaydi.

“Turkiston viloyati hokimi O‘zbekistonning qo‘shni viloyatlariga tezkor safari bilan bordi va o‘zbek tomoni bilan zarur muzokaralar o‘tkazdi, natijalari bugungi hukumat yig‘ilishida xabar qilindi. Ma’lumki, Hukumat komissiyasi tuzildi, unga bosh vazir o‘rinbosari Roman Sklyar boshchilik qildi. Ertaga u birgalikda harakatlar algoritmini ishlab chiqish uchun Turkiston viloyati va O‘zbekistonga uchadi“, deya qo‘shimcha qildi Smadiyarov.

Vazirlik vakili, shuningdek, tomonlar o‘rtasidagi barcha aloqalar Abadiy do‘stlik to‘g‘risidagi shartnomalar, strategik sheriklik shartnomalari va Transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro ko‘llarni muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risidagi konvensiya normalariga to‘la mos ravishda amalga oshirilayotganiga ishonch bildirdi.

Avvalroq, Qozog‘iston O‘zbekistonga Sardoba suv omborining yorilishi yuzasidan barcha ma’lumotni taqdim etishini so‘rab, nota yo‘llagani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

 

Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Sardoba suv ombori Norozilik notasi

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made