Toshkentda deputat hibsga olindi
3-sahifa
−
14 aprel
48544O‘zbekiston Respublikasi Aeronavtika Federatsiyasi raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati, Sud-huquq va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha komissiyasi a’zosi, siyosatshunos va jamoatchilik faoli Nuriddin Zaynitdinov kecha, 13 aprel kuni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Deputatning nima uchun qo‘lga olingani va ushlab turilgani hozircha noma’lum. Rasmiy idoralar ham bunga oydinlik kiritganicha yo‘q.
Muqaddam Nuriddin Zaynitdinov bir necha bor o‘ziga qarshi "provokatsiya " va bosimlar uyushtirilayotgani haqida bayonot bergan.
“Siyosiy buyurtma” bilan menga qarshi deputatlik faoliyatim uchun provokatsiyalar uyushtirilayotgani va menga bosim o‘tkazilayotgani, meni obro‘sizlantirish, nomimni bulg‘ashga urinishlar menga ishongan va meni saylagan xalqqa nisbatan qilingan xiyonatdir”, degan deputat o‘shanda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent va Samarqandda advokatlar pora bilan qo‘lga olingan edi.
LiveBarchasi