Toshkentda Kia EV9 flagman modelining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Narxlar ma’lum bo‘ldi

Biznes

image

2024 yil 18 yanvar kuni CAEx markaziy ko‘rgazmalar majmuasida Kia'ning O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan Kia EV9 flagman elektr krossoverining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ushbu modelning O‘zbekiston bozorida sotuvlari boshlangani e’lon qilindi.

Kia EV9 ta’sirchan SUV salohiyati bilan birgalikda qulaylik, dinamika va ilg‘or texnologiyalar nuqtai nazaridan yangicha standartlarni o‘rnatmoqda. Kia'ning premium modeli keng jamoatchilikka futuristik uslubdagi yopiq ijtimoiy tadbir formatida taqdim etildi.

Yumshoq ranglar va innovatsion dekorativ elementlar, kelajakda g‘arq bo‘lishlik hislarini vujudga keltirdi. Har bir tafsilot eng mayda detallarigacha puxta o‘ylangan edi, bu esa tadbir atmosferasiga eksklyuzivlik hissini qo‘shib, uni go‘yoki sirli voqeaga aylantirdi.

Didjitallashtirilgan taqdimot davomida Kia EV9 flagman elektr krossoverining barcha xususiyatlari yoritilib o‘tildi. Ma’ruzachi ushbu transportning afzalliklari haqida batafsil to‘xtalib, premium toifasiga, ekologik tozaligiga, innovatsionligi hamda yuqori texnik xususiyatlarini ta’kidladi.

Barcha mehmonlar avtomobillarga yaqinlashish, ularni sinchiklab ko‘zdan kechirish, noyob lahzani suratga olish, shuningdek, kompaniya xodimlariga qiziqtirgan savollarni berish imkoniga ega bo‘ldi.

Kecha, mehmonlar taqdimotdan olgan taassurotlarini muhokama qilishlari, his-tuyg‘ulari va hayratlari bilan o‘rtoqlashishlari mumkin nafis furshet bilan yakunlandi. Tabriklar, tabassumlar va yoqimli suhbatlar barchaga bu oqshom nafaqat innovatsiyalar bayrami ekani, balki qiziqarli insonlar bilan ajoyib muloqot imkoni ham ekanini eslatdi.

EV9 – Kia'ning E-GMP elektr mobillar uchun universal modulli platformasida ishlab chiqilgan uch qator o‘rindiqli eng yirik elektr krossover modelidir. Uning gabarit o‘lchamlari, uzunligi 5010 mm, kengligi 1980 mm va balandligi 1780 mmni tashkil etadi. Konstruktorlar elektromobilning asosiy komponovka bo‘yicha afzalliklarini, jumladan, 3100 mm g‘ildirak bazasi (Kia Mohave'dan kengroq) va tortuv batareyasi o‘rnatilgan tekis polni namoyish etdi.

Ushbu to‘liq o‘lchamli krossover elektromobil nafisligini va SUV'lar siluetining noyob kombinatsiyasidir. Dizaynining afzalliklari EV9'ni aerodinamik jihatdan samarador qiladigan o‘tkir shakllar va liniyalardir, bu esa elektromobillar uchun juda muhimdir. Krossoverning aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti atigi 0,28 ni tashkil etadi, bu sport avtomobili bilan solishtirish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkich.

Kia EV9 barcha yo‘lovchilar uchun yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi.

Birinchi qatordagi o‘rindiqlar tugmani bir bosish orqali “relaksatsiya” rejimiga o‘tkazilishi mumkin, bu esa haydovchi va yo‘lovchiga akkumulyator quvvatlanayotganda dam olish imkonini beradi. Krossoverning olti o‘rindiqli versiyasida ikkinchi qatorda isitiluvchi, ventilyatsiya va massaj tizimiga ega VIP o‘rindiqlar o‘rnatiladi.

EV9 GT-Line modelida 14 karnayli va Intelli Q avtomatik ovozni sozlash tizimiga ega Hi-End Meridian Premium Ovoz tizimi o‘rnatiladi.

Dinamikasi haydashda yorqin ta’sirotlarni baxsh etadi.

EV9 GT-Line atigi 5,3 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, bu sport modellari dinamikasi bilan solishtirish mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichdir. 700 N•m'ga teng ta’sirchan aylantiruvchi moment haydovchiga ishonch bag‘ishlaydi. Reykali elektr kuchaytirgich motoriga ega (R-MDPS sxemasi) rul boshqaruvining zamonaviy konstruksiyasi boshqarilishda aniqlikni ta’minlaydi, podveska (old – McPherson ustunlari bilan, ort – besh dastakli) ishonchli barqarorlikni va ajoyib haydash qulayligini ta’minlaydi.

Kia EV9'ning yuqori sifatli texnik tavsiflari, jumladan, yetarli darajadagi yo‘l sathidan balandlik (177 mmdan kam emas), quvvatli aylantiruvchi moment, to‘liq privod va yomon yo‘l sharoitida haydalish rejimlarini tanlash tizimi, uni ideal, murosasiz SUV’ga aylantiradi. Elektr quvvat qurilmasi Terrain Mode'ning turli rejimlarida (“Qor”, “Loy”, “Qum”) elektr motorlarining tortishishini har qanday vaziyatda, qo‘zg‘alishdan tortib to maksimal tezlikka qadar, maksimal samaradorlik bilan boshqarish imkonini beradi. Tormoz tizimiga ega og‘irligi 2,5 tonnagacha yoki tormoz tizimiga ega bo‘lmasa 900 kggacha bo‘lgan tirkamalarni buksirovka qilish imkoniyati – Kia EV9'ning yana bir afzalligi hisoblanadi. “Pritsep” rejimini yoqilganda, buksirovka qilish vaqtida elektromobilning yurish zaxirasidagi o‘zgarish avtomatik ravishda hisobga olinadi.

Kia EV9 O‘zbekiston bozorida salonning yetti o‘rindiqli konfiguratsiyasiga ega GT-Line konfiguratsiyasida yoki yuqori qulaylikka ega olti o‘rindiqli konfiguratsiyada sotuvga chiqariladi. EV9 GT-Line yuqori quvvatli yuqori kuchlanishli litiy-ionli tortuvchi batareyasi (99,9 kVt/soat, masofa zaxirasi – 497 km gacha) va har bir o‘q uchun alohida ikki elektr dvigatel bilan jihozlanadi. Quvvat qurilmasining umumiy quvvati 384 ot kuchiga teng, flagman elektr krossoverining maksimal tezligi esa 200 km/soatni tashkil qiladi.

Premium toifasidagi krossover uch komplektatsiyada taqdim etiladi:

  • Air – narxi 999 900 000 so‘mdan
  • Earth – 1 179 900 000 so‘m
  • GT-Line – narxi 1 319 900 000 dan so‘m

Avtomobil hozirda faqat Toshkent shahridagi dilerlik markazlarida taqdim etilmoqda, biroq distribyutor avtomobilni O‘zbekistonning barcha hududlariga yetkazib berishni rejalashtirgan.

Kia EV9'ning batafsil texnik xususiyatlari va afzalliklari haqida ma’lumotlarni, rasmiy dilerlik markazlaridan yoki +998555008333 telefoni orqali va kia.uz saytidan olishingiz mumkin.


Sayt | Instagram | Telegram | Telegram-bot | Facebook

 Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made