Toshkentda metropoliten xodimi pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
16 may
15434“Toshkent metropoliteni” davlat unitar korxonasi xodimi pora olayotganida qo‘lga tushdi. Bu haqda DUK axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, DUKning “Harakat” xizmati xodimi X.N. fuqaro D.M. ning ishonchiga kirib, uni 2 000 000 so‘m evaziga ishga joylab qo‘yishga kelishgan. Tegishli tashkilotlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbirda X.N. fuqarodan 1 000 000 so‘m miqdorda pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
X.N. ga nisbatan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik)ning 3-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, o‘rnatilgan tartibda hibsga olingan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent shahrining ikki tumani va Samarqand viloyatida o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolarni chuv tushirmoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
LiveBarchasi