Toshkentda Tracker va Cobalt ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent shahri Chilonzor tumanida Tracker va Cobalt avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 2 may kuni soat 19:15 larda Chilonzor tumani Do‘mbirobod ko‘chasida haydovchilar – 2005 yilda tug‘ilgan Sh.A. boshqaruvida bo‘lgan Tracker, 1991 yilda tug‘ilgan K.I. boshqaruvida bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinalar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan.

YTH oqibatida Cobalt avtomashinasi haydovchisi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

“Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga amal qilishlarini hamda oraliq masofani saqlab harakatlanishlarini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryo viloyatida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi halok bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing