Maktabda tok urib o‘lgan bola. Aybdorlarga hukm o‘qildi

3-sahifa

Avvalroq Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi tok urib o‘lishi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar bergandik. Bugun 16 aprel kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudida maktab direktori va uning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosariga nisbatan sud hukmi o‘qildi. 

Sud majlisida ishtirok etayotgan QALAMPIR.UZ muxbiri Alibek Beyjanovga ko‘ra, maktab direktori R.M. JKning 207- (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) moddasi "a" bandi bilan aybdor deb topilgan. 

"Maktab direktorining 2 yil rahbarlik lavozimida ishlashi taqiqlanib, unga nisbatan 4 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi", deydi  QALAMPIR.UZ muxbiri.  

Shuningdek, 99-sonli umumta’lim maktabi direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Q.R. ham JKning 207-moddasi 3-qismi a-bandi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan aybdor deb topilib, 2 yil rahbarlik lavozimida ishlamaslik va 4 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning jazo muddatini manzilli koloniyada o‘tashi belgilandi.  

Bundan tashqari, jabrlanuvchi tarafga zararni qoplash uchun Fuqarolik sudiga murojaat qilishi mumkinligi aytilgan.


Maqola muallifi

Teglar

sud hukmi o'quvchining tok urib o'lishi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made