Toshkentda uyushtirilgan avtopoygada bir kishi halok bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 9 may kuni soat 17:00 larda Toshkent shahrining Sergeli tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Hodisa tumanning Qumariq ko‘chasida joylashgan Avtotuning ustaxonasi qarshisida sodir bo‘lgan. 2000 yilda tug‘ilgan haydovchi Kia rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1997 yilda tug‘ilgan piyodani urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari  tufayli shifoxonaga olib borilganda vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda esa mazkur yo‘l-transport hodisasi tasvirlangan videolar tarqalmoqda. Unda ikkita avtomobil poyga uyushtirib, yuqori tezlikda harakatlanib ketayotganini, mashinalardan biri bir erkakni urib yuborganini ko‘rish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent Sergeli poyga

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made