O‘FAning OAVga javobi: “Lokomotiv” darvozasiga urilgan golda offsayd bor edi

Sport

image

Biroz oldin, “Lokomotiv” va “Bunyodkor” o‘rtasidagi uchrashuvda O‘zbekiston superligasining 9-tur o‘yinda hakamlar xatosi sabab “qaldirg‘ochlar”ning g‘alabadan mahrum bo‘lgani haqida xabar qilgan edik.

Bir qancha OAV va Sport telekanali sharhlovchisi tomonidan gol urilgan vaziyatda hech qanday o‘yindan tashqari holat bo‘lmagani haqida aytib o‘tildi.

Bunga javoban O‘FA voqea yuzasidan maxsus bayonot berdi: 

“O‘yinning so‘nggi soniyalarida “Bunyodkor” futbolchilari tomonidan urilgan gol o‘yindan tashqari holat deb baholanib, hisobga olinmadi.

Mazkur holatda uchrashuvni bevosita stadiondan sharhlab borgan telekanal sharhlovchisi to‘p uzatilayotgan vaqtda o‘yindan tashqari holat yo‘q ekanini bir necha bor ta’kidladi. Vaziyat takroran ko‘rilganida ham futbol muxlislari gol kiritgan futbolchida o‘yindan tashqari holat yo‘q deb hisoblashi mumkin. Ammo futbolning zamonaviy qoidalariga mazkur vaziyat offsayd deb hisoblanadi.

IFAB qoidalarida keltirishicha, offsayd holatida turgan futbolchi darvozabon harakatlanishi va nazorat qilishi mumkin bo‘lgan ko‘rish doirasini (obzor) to‘sib qo‘ygan bo‘lsa, garchi shu futbolchi to‘pga teginmagan taqdirida ham qanot hakami bayroqchasini ko‘tarishga haqli. Demak, bu vaziyatda derbida ishlagan laynsmen to‘g‘ri qaror qabul qilgan. Ya’ni, to‘p “Bunyodkor”ning 3-raqamli futbolchisi Islom Qobilovga tegmagan bo‘lsa-da, uning harakatlanish nuqtasi hamda darvozabonning bu vaziyatdagi holatidan kelib chiqib, o‘yindan tashqari holatni e’lon qilish mumkin. Qisqa qilib tushuntirganda, mana shu nuqtada Islom Qobilov bo‘lmaganida darvozabonning harakati boshqacha bo‘lishi, u katta ehtimol bilan oldinga harakat qilishi mumkin edi. Biroq bu yerda 3-raqamli futbolchi darvozabonni chalg‘ituvchi obrazida namoyon bo‘ldi.

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Hakamlar qo‘mitasi futbol muxlislaridan va ayniqsa futbol jurnalistlaridan fikr berayotganda shoshilmaslikni so‘raydi. Hakamlar qo‘mitasi bir necha kun avval sport jurnalistlari bilan erkin muloqotga tayyor ekanligini ko‘rsatishgandi. Ular, shuningdek, har bir holatni tahlil qilib berish uchun ham mas’uldirlar. Ko‘r-ko‘rona xato qilayotgan referilarga nisbatan choralar ko‘rilayotganini esa hamma ko‘rib, bilib turibdi.

Tashkilot birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov yaqin yillar ichida O‘zbekistonga ham VAR tizimi kirib kelishi yo‘lida harakatlar borligini ta’kidlagandi. Bu kabi zamonaviy texnika vaziyatni qaytadan ko‘rish va shoshilmasdan xulosa chiqarish imkonini berishi mumkin. Ayni vaqtda esa futbol referilari har bir uchrashuvga mas’uliyat bilan yondoshishga harakat qilishyapti”, deyiladi bayonotda.


Maqola muallifi

Teglar

O'FA

Baholaganlar

24

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made