Toshkentdagi mebel korxonasida yong‘in chiqdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 8 may kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi mebel korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.

Bildirilishicha, soat 11:25 da tumanning Muxtor Ashrafiy ko‘chasida joylashgan mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan. 5 daqiqa ichida aytilgan manzilga yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan. Yong‘inni o‘chirish ishlari hozir ham davom etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida fuqarolarda kuyish, tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 4 may kuni Toshkent shahridagi “Modern Sergeli” qurilish ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made