Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti shtat birligi qisqartiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Agentlik boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 50 ta shtat birligi miqdorida belgilandi (10 ta shtat birligi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, 40 ta shtat birligi esa Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi).

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq to‘lash shartlari, tibbiy va transport xizmati ko‘rsatish sharoitlari bo‘yicha vazirga, direktor o‘rinbosarlari esa vazir o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.

Agentlik direktori o‘rinbosarlari Agentlik direktori taqdimnomasiga ko‘ra Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

kooruptsiya

Baholaganlar

198

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made

Mavzuga doir yangiliklar