Toshkentliklar mehrini qozongan To‘laganov 70 yoshni qarshiladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o‘rinbosari — Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Kozim Nosirovich To‘laganov bugun, 20 may kuni 70 yoshni qarshiladi. 

Kozim To‘laganov 1949 yil 20 may kuni Toshkent shahrida tavallud topgan. 

1971 yil Toshkent politexnika institutini tamomlab, ilk mehnat faoliyatini ushbu OTMda stajer-tadqiqotchi sifatida boshlagan. 1972-1992 yillar davomida Toshkent shahridagi qurilish ishlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan. U faoliyati davomida Bosh vazir o‘rinbosari darajasigacha ko‘tarilgan.2004 yilda Oliy Majlis Senati a’zosi bo‘lgan. 

1997 yildan 2001 yilgacha Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlagan To‘laganovni nafaqat poytaxtliklar, balki respublikaning ko‘plab hududlaridagi fuqarolar Toshkentning eng adolatli va mard hokimi sifatida tilga oladilar. Qolaversa, u Toshkent viloyati hokimi lavozimida ham faoliyat yuritgan. 

2017 yilgacha, ya’ni Shavkat Mirziyoyev iqtidorga kelgunga qadar, Kozim To‘laganov nomi rasmiy matbuotda tilga olinmas edi. Shavkat Mirziyoyev Prezident bo‘lishi bilanoq, 2016 yil 7 dekabr kuni Kozim To‘laganov Konstitutsiya qabul qilingani munosabati bilan o‘tkazilgan tantanalarga taklif etildi. U marosimda sobiq Ichki ishlar vaziri, general-polkovnik Zokirjon Almatov bilan ko‘rinish berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 maydagi qaroriga muvofiq Kozim To‘laganov O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirining o‘rinbosari - Arxitektura-qurilish nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, bu yil Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Zokirjon Almatov ham 70 yoshni qarshilaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

159

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made