Tojikiston o‘z fuqarolarini Qozog‘iston aeroportlarida tekshiruvlarga tayyor bo‘lishga chaqirdi

Olam

image

1 maydan boshlab Qozog‘istonning barcha aeroportlarida xavfsizlikni kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar joriy etildi. Shu munosabat bilan Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi o‘z fuqarolariga Qozog‘istonga borishda barcha zarur hujjatlarni o‘zlari bilan olib borishni tavsiya qildi.

“Fuqarolar Qozog‘istonga kelganida chegara va bojxona nazoratidan o‘tishda sayohat maqsadi va vaqti, yashash joyi, Qozog‘istonda do‘stlari yoki qarindoshlarining borligi haqidagi savollarga javob berishga tayyor bo‘lishlari, shuningdek, zarur hollarda yashash manzili va aloqa raqamlarini ko‘rsatishlari kerak. Muammolar yuzaga kelsa, yordam uchun elchixona yoki bosh konsullikka murojaat qilishingiz kerak”, deb maslahat berdi Tojikiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi.

Vazirlik ikki davlat o‘rtasida yaqin va konstruktiv hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini alohida ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarga Rossiyaga bormaslikni tavsiya qilgan edi. Qozog‘istonda Ichki ishlar xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd davomida 16 nafar xorijlik (yetti nafar O‘zbekiston, to‘qqiz nafar Tojikiston fuqarolari)ning noqonuniy mehnat faoliyati bilan shug‘ullangani aniqlangandi


Maqola muallifi

Teglar

migrant Qozog'iston Tojikiston aeroport

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made